Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ushbu kitob haqida shunday deb yozgan edilar:
—Ushbu asarni yaxshi niyat bilan «MUKAMMAL SAODAT YOʻLI» deb nomladik. Boshqacha qilib aytganda, uni «Islomning umumiy taʼrifi» deb atasak ham boʼladi. Unda odamlarning hayoti saodatli boʼlishi uchun dinimizda qanday taʼlimotlar taqdim qilingani va qay bir choralar koʼrilgani haqida tartib bilan soʼz yuritishga qoʼldan kelganicha harakat qildik.
✨ “Ruhiy tarbiya” asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo'lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag’ishlangandir.
✨ Ushbu majmua “Poklanish”, “Tiklanish” va “Xulqlanish” deb nomlangan uch jilddan iborat bôlib, ularga nafsni poklash, axloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan.
✨ Nafs va qalbdagi turli xastaliklardan poklanish yoʻllari, ruhiy kamolotning bosqichlariga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan.
✨Borliqni yaratgan Qodiru Zuljalol shu borliqning xalifasi etib insonni ham yaratgan. U O'zi yaratgan borliqda O'zi yaratgan odam qanday dasturga amal qilib yashasa, ikki dunyo saodatiga erishishini ham O'zi yaxshi biladi.
✨Azaliy va chegarasiz ilmi ila bandalari uchun rioya qilinishi lozim bo'lgan odoblarni ham joriy qilgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining shayx ibn Atoulloh Sakandariyning "Hikamul-Atoiyya" nomli kitoblariga qilgan tarjimalari va sharhlarida insonlarga foydali bo'lgan, ikki dunyoda baxt-saodat keltiradigan, Islomda buyurilgan amallar borasida hadislar orqali tushuntirib berilgan.
Xislatli hikmatlar sharhi - hikmatli hayot sari yo'lboshchi!
"Agar shahar-qishloq ahli iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, albatta ularga osmonu yerdan barokatlarni ochib qo'yar edik". (A'rof surasi, 96-oyat).
"Iymon" kitobi buyuk Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o'qilishi tartibiga ko'ra birinchi navbatda turadi. Ushbu asar bizga Qur'oni Karim oyatlari, hadislar orqali islom va iymon haqida to'liq tushuncha beradi va sunnatni o'rganib, unga amal qilishimizga yordam beradi.